AsosiyJamiyat

“Mening armiyam – mening faxrim!” ko`rgazmaci tashkil etildi

Toshkent Fotosuratlar uyida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Badiiy akademiya hamkorligida “Mening armiyam – mening faxrim!” deb nomlangan tanlov-ko`rgazma tashkil etildi. 

Tanlovda harbiy xizmatchilar, ularning oila a`zolari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari, umumta`lim va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchilari va o`qituvchilari, shuningdek, professional rassomlar, fotoustalari o`z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi. 

Mazkur tanlovdan ko`zlangan maqsad Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, milliy armiyamizning jamiyat va davlat oldidagi o`rni va ahamiyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga etkazishdan iboratdir.

Ko`rgazmada 180 ijodkorning ikki yuzdan ortiq ijodiy ishi namoyish etilmoqda. 

G`olib va sovrindorlarga esdalik sovg`alari topshirildi. 

 

    Boshqa yangiliklar