7 yanvar kuni «Ajoyib matematika» festivali doirasida Janubiy Koreyadagi Inha universiteti professori Xun Chang matematika bo`yicha ma`ruzalar o`qidi.
Koreyalik professorning ma`ruzasiga maktab, lisey va kollejlari o`quvchilari, ularning ota-onalari va o`qituvchilar ishtirok etdi.
Ma`ruzalar kundalik inson hayoti davomida duch keladigan matematika va giperkubga bag`ishlandi.
Xun Chang: "Janubiy koreyalik bolalar bilim olishdan charchashgan. Bu erda esa bolalar, ota-onalar va o`qituvchilarning ko`zlari chaqnashidan ularga mavzular qiziqarli ekanligi ko`rinib turardi. Menda ma`ruzani to`xtatmaslik istagi bor edi, lekin afsuski vaqt chegaralangan edi."
Professorning ma`ruzasi 8 yanvar kuni ham bo`lib o`tadi. «Ajoyib matematika» festivali ham 8 yanvarga qadar davom etadi.





