AsosiyJamiyat

Jizzaxda yangi gilam fabrikasi ish boshladi

“Jizzax” maxsus industrial zonasida yangi korxona – “Diamond karpet” mas`uliyati cheklangan jamiyatining gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasi ish boshladi, deb xabar beradi O`zA.

Korxona yiliga 3 ming tonna polipropilen ip va 1,2 million kvadrat metr gilam ishlab chiqarish quvvatiga ega. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2013 yil 18 martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to`g`risida”gi farmoni asosida tashkil etilgan ushbu industrial zonada transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini yaratish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. To`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jalb etilgan holda, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh, yuksak texnologiyali innovasion ishlab chiqarish yo`lga qo`yilayotir. 
Yangi korxona xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar, jumladan, polipropilen ip ishlab chiqarish va gilam to`qish dastgohlari bilan jihozlandi. 20 yangi ish o`rni yaratildi. Ayni paytda kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardan tashkil topgan korxona ishchilari tomonidan rangdor gilamlar to`qilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar