AsosiyJamiyat

Samarqandda lift ishlab chiqarila boshladi

"Samarkand Euro Asia Lift" aksionerlik jamiyati bir oyda 30 dona lift ishlab chiqaradi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.

"Samarkand Euro Asia Lift" aksionerlik jamiyati inqirozga uchragan Samarqand lift qurish zavodi bazasida tashkil etildi. Tashkilot ko`chmas mulki "Sam Antep Gilam" qo`shma korxonasi tomonidan 9,5 milliard so`mga sotib olingan.  Endilikda mazkur korxona oyiga 30 ta lift ishlab chiqara boshlaydi. Hozirgi kunda "Samarkand Euro Asia Lift" aksionerlik jamiyatida 100 kishi ishlamoqda. 

Bundan oldin 2016 yildan boshlab Toshkent shahridagi ko`p qavatli uylarning liftlari almashtirilishi haqida ma`lumot berilgan edi. 2021 yilgacha umumiy qiymati 65,8 milliard so`mlik 1000 ta lift o`rnatilishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar