AsosiyJamiyat

2016 yilda aholining real daromadlari 9,5 foizga oshishi kutilmoqda

Kirib kelayotgan 2016 yilda iqtisodiyotimizning o`sish sur`atlari 7,8 foizga, aholining jon boshiga to`g`ri keladigan real daromadlari 9,5 foizga, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarning miqdori turli manbalar hisobidan 15 foizga oshishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident Islom Karimovning O`zbekiston xalqiga atalgan Yangi yil tabrigida ta`kidlandi.

2016 yilda davlat byudjetida ilmu fan, ta`lim-tarbiya, sog`liqni saqlash, madaniyat, sport tarmoqlarini o`zida mujassam etgan ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarflanadigan mablag`lar 2015 yilda o`zlashtirilgan mablag`larga nisbatan ancha ko`proq bo`lib, davlat byudjeti umumiy xarajatlarining 59,1 foizini tashkil etadi. 

Kirib kelayotgan yilda barcha moliyaviy manbalar hisobidan iqtisodiyotimizga 17 milliard 310 million dollar miqdoridagi kapital qo`yilmalar yo`naltirilib, ularning 23,5 foizini chet el investisiyalari tashkil etadi. 

 

    Boshqa yangiliklar