Qurd askarlari tomonidan asirga olingan “Islom davlati” tashkiloti” jangarisi Sputnik Türkiye agentligiga bergan intervyusida, qaerda va qay tarzda o`quv mashg`ulotlar haqida so`zlab berdi.
Yigirma yoshli arab Abdurahmon Abdulhodi qurd askarlari tomonida 2015 yilning dekabrida Suriyada asirga olingan. U hozirda boshqa ID jangarilari bilan YPG qamoqxonalarida.
Abdulhodi ID tarkibiga 2013 yilda kirganini va shundan so`ng Suriyaning hukumat askarlariga qarshi jang qilganini so`zlab berdi. Uning aytishicha, 2014 yilning avgustida u Turkiyaning Adan shahrida o`quv mashg`uloti o`tagan. Haftada bir marta 60 kishidan iborat guruhda otish bo`yicha mashqlar o`tagan, ularni Kalashnikov avtomati va boshqa turdagi qurollardan foydalanishga o`rgatishgan.
"O`quv mashg`ulotlari Turkiyada o`tgan, sababi ID rahbarlari bu erda Suriyadan ko`ra tinchroq deb hisoblashgan. Bombardimonlar sababli harbiy tayyorgarlikni Suriyada o`tkazishning mutlaqo imkoni yo`q edi", — deydi Abdulhodi.
Turkiyaning terrorchilik tashkilotlari bilan aloqasi to`g`risidagi savollar hozirgacha ochiq bo`lib qolmoqda. Biroq ayrim Suriyada jang qilayotgan guruhlar Turkiya hududida o`z harbiy lagerlariga ega ekanligi to`g`risida ma`lumotlar tarqalgan.
ID jangarisi, matbuot uchun mashqlur o`talgan lager, Suriya erkin amiyasining lageri deb tanishtarilganligini ma`lum qildi.
"OAVlar bizni Suriya erkin armiyasining lagerida o`quv mashg`uloti o`taganimizni yozgan, ammo u erda shug`ullangan 60 kishi ID a`zolari edi. Bu Suriya fuqarolari edi, ulardan aksariyati Turkiyaga pul topish uchun kelgan, ammo keyin IDga qo`shilib olgan", — deydi u.
Abdulhodining asosiy vazifasi Turkiyaga kelayotgan suriyaliklarni kutib olish edi. U suriyaliklar bilan internet orqali aloqa o`rnatgan va ularga Turkiyaga kelib mashg`ulot boshlashlariga imkon tug`dirgan.
"O`quv mashg`ulotlaridan so`ng biz ularni Urfaga, u erdan esa —Rakkiga yuborganmiz. Rakkidan esa ularni Suriyaning turli hududlariga tarqatishgan", — deydi u. Shuningdek u IDga qurollar Iroqdan fuqarolik avtomobillarida gumanitar yordam niqobi ostida kelganiligini ma`lum qildi.
Abdulhodi ID tarkibiga kirganidan afsusdaligini tan oldi.
"Men ID haqida o`qiganim va reallikda duch kelganim – mutlaqo boshqa narsa", — deydi u.





