AsosiyShou-biznes

Asalxo`jaevalar “Yonimda bo`lishingiz baxt menga” konsert dasturini taqdim etadi

Opa-singil Mavluda va Guli Asalxo`jaevalar “Istiqlol” san`at saroyida 19-20-21 fevral kunlari bo`lib o`tadigan “Yonimda bo`lishingiz baxt menga” deb nomlangan konsert dasturiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Konsert dasturini o`tkazishni “Mo`jiza media” MChJ o`z zimmasiga oldi. Konsertda jami 24 ta tarona jarang sochishi rejalashtirilgan bo`lib, ularga “Tumor”, “Toshkent zebolari”, “Suvoriylar” raqs ansambllari o`zlarining maftunkor raqslarini namoyish etishadi.

Chipta narxlari 10 dan 80 ming so`mgacha etib belgilangan.

Dastur boshlovchisi hozircha sir tutilmoqda. Dasturning tayyorgarlik jarayonlaridan fotoreportajni hamda opa-singil Asalxo`jaevalar bilan suhbatni yaqin kunlarda Darakchi.uz’da kutib qoling.

    Boshqa yangiliklar