Indoneziya maxsus xizmati turli provinsiyalarda o`tkazilgan reydlarda bir nechta terakt uyushtirishni rejalashtirgan shaxslarni qo`lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Terrorchilar cherkov hamda polisiya punktlariga hujum uyushtirishni rejalashtirgan.
“Besh kun mobaynida o`tkazilgan reydlar natijasida Rojdestvo va Yangi yil bayrami arafasida terakt uyushtirmoqchi bo`lgan 11 kishi hibsga olindi. Terrorchilik harakati uchun ikki hudkush terrorchi ham tayyorlangan edi”, – deyiladi xabarda.
Hudkush terrorchilardan biri uyg`ur millatiga mansub 35 yoshli Ali ismli shaxs ekanligi aytilmoqda. U qalbaki Indoneziya pasporti bilan Batam oroli orqali mamlakat hududiga kirib olgan. Bungacha esa u Malayziya va Taylandda yashagan.
Alini hibsga olish jarayonida teraktni sodir etish vositasi bo`lgan ikki kompyuter, mobil telefon apparati musodara qilingan. Hibsga olingan terrorchilar orasida “Al-Qoida” terrorchilik guruhi a`zolaridan biri Choirul Anam ham borligi ta`kidlanmoqda.





