AsosiyDunyo

Saudiya Arabistonida shifoxona yonib ketdi. Qurbonlar bor

Kecha 23 dekabr kuni Saudiya Arabistoni janubiy-g`arbida joylashgan Jizon shahridagi shifoxonalardan birida yong`in yuz berdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Mamlakat fuqaro mudofaasi xizmati ma`lumotlariga ko`ra, 25 kishi halok bo`lgan, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan.

“Jizondagi yong`in oqibatida jabrlanganlar soni 107 taga etdi, 25 kishi halok bo`ldi”, — deyiladi xabarda.

Hozirda barcha jarohatlanganlar yaqin hududlardagi tibbiyot muasasalariga etkazilgan.

Yong`in yuzaga kelish sabablari o`rganilmoqda. Mahalliy hukumat vakillari yong`in yuzasidan tekshirish ishlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar