AsosiyJamiyat

Yangi yil tantanalari 28 dekabrdan boshlanadi

Poytaxtimizning bosh maydoni – “Mustaqillik” maydoni, Chilonzor tumani Algoritm dahasidagi “Roison elektroniks” korxonasi oldi hududi va “Xadra” maydonida 28 dekabrdan e`tiboran katta bayram tantanalari bo`lib o`tadi.

Hozirda har uch manzilda archalarni o`rnatish, savdo shoxobchalari, turli attraksionlarni joylashtirish ishlari avjida. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ko`pchilik Mustaqillik maydonidagi archaning o`lchovlari bilan qiziqadi.

Mutaxassislarning ma`lumot berishlaricha, “Mustaqillik va ezgulik” arkasi oldida shu hafta yakuniga yasatib bo`lishi rejalashtirilayotgan archaning bo`yi 26, diametri 9 metrni tashkil qiladi. Archa 1800 dona o`yinchoq hamda “Toshshaharnur” DUK tomonidan chiroqlar marjoni (girlyanda) bilan bezatiladi. Shuningdek, maydonda 24 ta bezatilgan savdo va 15 ta engil savdo shoxobchalari xizmat ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar