AsosiyShou-biznes

O`zbekistonlik aktyor Gollivudda “Yulduzlar janggi”da rol ijro etdi

Asli o`zbekistonlik Rashid Shadad taxallusi ostida ijod qiluvchi aktyor Abdurashid Shodiev jahon kinoyulduzlari ishtirokidagi “Yulduzlar janggi: Kuchning uyg`onishi” filmida epizodik rol ijro etdi. Bu haqda Uz24.uz” xabar bermoqda.

Blokbasterning Toshkent shahridagi premerasi 17 dekabr kuni bo`lib o`tgan edi.

Aktyor mazkur kartinada Jakku sayyorasi vakili obrazini gavdalantirgan. U filmning boshida namoyon bo`ladi. Shadad  5 oy mobaynida kastinglarga qatnashgani va film rejissyori Jey Jey Abrams bilan ko`rishganini aytib o`tgan. Uning so`zlariga ko`ra, s`yomka jarayonlaridan birida rejissyor undan aktyorlarga koordinatorlik qilishini so`ragan.

Rashid Shadad shuningdek, “Bajarib bo`lmas missiya” va Jeyms Bond haqidagi “Spektr” filmlarida ham kichik epizodlarni gavdalantirganini ta`kidlagan. Bundan tashqari, aktyor 2016- yilda  katta ekran yuzini ko`radigan Jeyson Born haqidagi serialda ham suratga tushgan.

Hozirda London shahrida yashab, ijod qilayotgan aktyor “Ilhom” teatr studiyasida faoliyat yuritgan edi.

    Boshqa yangiliklar