AsosiyShou-biznes

“OShIG`I OLChI” SAN`ATKORLARNING “STAVKA”SI QANChA?

“Falonchi artistni to`yga xizmatga chaqirmoqchi edik. Necha pulga keladi, gaplashib bera olmaysizlarmi?”

Matbuot -  xalq minbari. Ana shu nuqtai nazardan tahririyatga turli mavzudagi qo`ng`iroqlar bo`lib, muxlislar o`zlarini qiziqtirgan va o`ylantirgan savollar bilan murojaat qilishadi. Yuqorida keltirilgan iqtibos ham ana shunday ko`p beriladigan savollardan. Ammo ko`pincha biz ushbu mavzudagi savollarga “bu haqda ma`lumot berolmaymiz, o`zlarining ma`murlari yoki prodyuserlari orqali bilish mumkin”, degan javob bilan kifoyalanardik.

Biroq o`zbekning to`yu tomoshasi ko`p. Shunday ekan, bu savol yuzasidan ham surishtiruv o`tkazish ayni muddao bo`ladi, degan qaror bilan mavzuni yoritishga urindik.

TO`YNING DARAJASI SAN`ATKOR BILAN O`LChANADIMI?

Xalqimiz orzu-havasli. Farzand tug`ildimi, uning kelajakda oqil farzand bo`lishi, bilim olishi, biror-bir kasbni puxta o`zlashtirishidan tashqari vaqti kelib to`y-tomoshalar qilishni ham orzu qiladi. Shu niyatda topganini yig`adi. Ammo to`ylarni kuy-qo`shiqlarsiz, san`atkorlarsiz tasavvur etish amri mahol. Bugungi kunda esa xalqning to`yu bazmlarida xizmat qiladigan san`atkorlar etarlicha. Ammo ular orasida “ketmoni baland uchayotgan” san`atkorlar ham borki,  to`y egalari ularni chaqirish uchun niyat qilib pul yig`adi. Ammo bunday  san`atkorlarning bugungi kundagi “birrov” yoki “navbatchilik” kabi xizmat darajalari borki, ularning kelishuvdagi narxlari ham shunga qarab farqlanadi. Xo`sh, kimning bahosi qancha? Bugungi surishtiruvimiz shu savolga aniqlik kiritadi.

Darvoqe, ularning to`yga borish narxlarini “shartli birliklar”, ya`ni o`zimizning ta`birimiz bilan aytganda ballar orqali ko`rsatishga qaror qildik.

ENG TALABGIR SAN`ATKORLAR REYTINGI

“Darakchi”ning veb-sahifasida so`rovnoma o`tkazdik. So`rovnoma natijalariga ko`ra, muxlislarning fikri asosida tuzilgan eng talabgir san`atkorlar ro`yxati bilan tanishing. Mazkur ro`yxat asosida surishtiruv o`tkazib aniqlangan san`atkorlaning xizmat haqlari bilan "Darakchi" gazetasining bugungi sonida tanishishingiz mumkin. Ushbu mavzuning to`liq talqinini yaqin kunlarda saytimizda chop etamiz. 

    Boshqa yangiliklar