Iqtisodiyot va dunyo instituti ekspertlari terrorizm xavfidan xoli bo`lgan mamlakatlarni o`z ichiga olgan “Terrorizmning global reytingi-2015” ni chop etdi. Batafsil hisobot tashkilot saytida e`lon qilindi.
Mazkur ro`yxatda O`zbekiston eng so`nggi 124-o`rinni egalladi. Tahlilchilar fikriga ko`ra, O`zbekistonda terrorizm xavfi mavjud emas.
Terrorchilik xavfi darajasi past bo`lgan mamlakatlar sirasiga shuningdek, Turkmaniston, Qatar, Shimoliy Koreya, Polsha va Kuba ham kiritilgan.
Tahlilchilar bergan ma`lumotlariga ko`ra, terrorizm xavfi Iroq, Afg`oniston va Nigeriya kabi davlatlarda o`ta yuqori hisoblanadi. Shuning uchun mazkur mamlakatlar reytingda dastlabki uchlikka kiritildi. O`zbekistonga qo`shni mamlakatlar — Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston esa ro`yxatning 83, 84 va 86 qatoridan joy egallagan.
2014 terrorizm qurbonlari soni 2013 yilga nisbatan 80 foizga oshdi. Halok bo`lganlarning aksariyati Afg`oniston, Suriya, Iroq kabi mamlakatlarga to`g`ri keladi.
Darakchi.uz'ni Telegram'da kuzating!





