AsosiyJamiyat

Tibbiy muassasa ham uy qamog`ida saqlash joyi hisoblanadimi?

Savol: "Uy qamog`i shaklidagi ehtiyot chorasi qanday hollarda qo`llaniladi? Tibbiy muassasa ham uy qamog`ida saqlash joyi hisoblanadimi?"

N.Xalilova, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati:

2014 yilning 4 sentyabrida qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, Jinoyat-prosessual kodeksigauy qamog`i tarzidagi ehtiyot chorasi kiritildi.

Jinoyat Prosessual Kodeksigakiritilgan yangi 242-1-moddaga asosan, uy qamog`i gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo`lganida uning yoshi, sog`lig`i, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni inobatga olgan holda qamoqqa olish nomuvofiq, deb topilgan taqdirda qo`llanilishibelgilab qo`yilgan.Gumonqilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruv, dastlabki tergov va suddan bo`yin tovlashining oldini olish maqsadida uy qamog`i qo`llaniladi.

Uy qamog`i ko`rsatilgan shaxsning jamiyatdan to`liq yoxud qisman ajratib qo`yilib, o`zi mulkdor, ijaraga oluvchi sifatida yoki boshqa qonuniy asoslarda yashab turgan turar joyda taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan, shuningdek uning ustidan nazorat amalga oshirilgan holdabo`lishidan iborat bo`ladi. Sog`lig`i holatini hisobga olgan holda tibbiy muassasa uy qamog`ida saqlash joyi etib belgilanishi mumkin.

Uy qamog`i tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to`g`risidagi qarorda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi duchor qilinadigan ozodlik bo`yicha aniq taqiqlar (cheklovlar), shuningdek ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilayotgan organ ko`rsatiladi. O`ziga nisbatan uy qamog`i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxsga quyidagi taqiqlar (cheklovlar) o`rnatilishi mumkin:

1) muayyan shaxslar bilan aloqada bo`lish;

2) xat-xabar olish va jo`natish;

3) har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida so`zlashuvlar olib borish;

4) uy-joyni tark etish.

Shaxs barcha taqiqlarga (cheklovlarga) yoxud ulardan ayrimlariga duchor etilishi mumkin.

Qamoqqa olinganning yashash joyi qo`riqlanishi mumkin. Zarur hollarda uning xulq-atvori ustidan nazorat o`rnatiladi.

Uy-joyidan chiqishi bo`yicha o`rnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda ichki ishlar organi uning yashash joyida bo`lishini sutkaning istalgan vaqtida, kunduzgi vaqtda ko`pi bilan 1 marta va tungi vaqtda ko`pi bilan 1 marta tekshirishga haqli.

Zarur hollarda elektron kuzatish vositalari qo`llanilishi mumkin.

Uy qamog`ini ijro etish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining yashash joyidagi ichki ishlar organi zimmasiga yuklatiladi.

    Boshqa yangiliklar