O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasiga Germaniyaning « Magna Mana Production/Minework Film» kinokompaniyasi tashrif buyurdi, bu haqda Assosiasiya axborot xizmati xabar berdi.
Tashrifdan ko`zlangan maqsad O`zbekiston haqida yaratilayotgan film ustida olib borilayotgan ishlarni muhokama qilishdan iborat bo`ldi.
Kinolenta konsepsiyasi muallifi sharq xalqlari madaniyati bo`yicha mutaxassis va turkshunos Ketlen Gyobeldir.
Ushbu loyiha K.Gyobelning bizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ilk loyihasi emas. U 2013 yilda ham yurtimisda bo`lib, o`lkammiz madaniyati va arxitekturasiga bag`ishlab Germaniya elchixonasi tarafidan o`tkazilgan fotoko`rgazmada koordinatorlardan biri sifatida qatnashgan edi.
Olinajak film esa mamlakatimizning nafaqat tarixi va madaniy me`rosi, obidalari, buyuk siymolari to`g`risida, balki, yurtimizning zamonaviy rivojlanishi to`g`risida ham hikoya qiladi.





