AsosiyShou-biznes

80 dan ziyod yigit-qiz xalq cholg`ulari bo`yicha mahoratlarini namoyish etmoqda

O`zbekiston davlat konservatoriyasida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida o`tkazib kelinayotgan “Sozlar navosi” respublika xalq cholg`ulari ijrochilari tanlovining yakuniy bosqichi o`tmoqda.

Unda 80 dan ziyod yigit-qiz xalq cholg`ulari va an`anaviy cholg`ular yo`nalishlari bo`yicha o`z mahoratini namoyish etmoqda, deya xabar beradi O`zA.

Yosh avlod ongi va qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini mustahkamlash, eng sara asarlarni jamlash, yangi iste`dod sohiblarini aniqlash va rag`batlantirishga xizmat qiladigan mazkur tanlovning quyi bosqichlarida 15 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan 700 dan ziyod sozanda ishtirok etdi.

Tanlov doirasida «Xalq cholg`ulari ijrochiligida yoshlar faolligini oshirish masalalari» mavzusida ilmiy anjuman, mahorat saboqlari o`tkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar