Joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar mamlakatimizda Yong`in xavfsizligi oyligi o`tkaziladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar beradi.
Ushbu oylikdan ko`zlangan asosiy maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ektlarini, shuningdek, uy-joy fondini yong`in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish hamda o`ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong`in xavfi yuqori bo`lgan ob`ektlarda yong`in xavfsizligini mustahkamlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.





