AsosiyJamiyat

Toshkentda mintaqada yagona bo`lgan politexnika muzeyi ochildi

Toshkentda fan va texnika, transport vositalarining rivojlanish tarixi, buyuk olimlarning olamshumul ixtirolari haqida hikoya qiluvchi O`rta Osiyoda yagona bo`lgan Toshkent Politexnika muzeyi ish boshladi.

“O`zavtosanoat” AK ning poytaxt markazidagi yangi binosida joylashgan mazkur muzey ekspozisiyasi uchta: “Dunyo avtomobilsozligi tarixi”, “O`zbekiston avtomobilsozlik sanoati tarixi”, “Interaktiv mashg`ulot” bo`limlaridan iborat, bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar beradi.

Muzey eksponatlari bilan tanishish asnosida beixtiyor yurtimizda dastlabki tramvay, avtobus va trolleybus qatnovi yo`lga qo`yilgan davrlar ko`z o`ngingizda gavdalanishi turgan gap. 

Bundan tashqari muzey ekspozisiyasidan turli yoshdagi tashrif buyuruvchilarni o`ziga maftun qiluvchi ko`plab eksponatlar o`rin olgan.

Bu erda hatto jajji bolajonlar uchun bolalar maydonchasi ham mavjud.

    Boshqa yangiliklar