CLICK mobil va internet banking tizimi foydalanuvchilari soni 1 milliondan oshdi.
ID-1000000 ro`yhatga olish raqamini olgan foydalanuvchi qashqadaryolik O`ktam Niyozov bo`ldi. Kompaniya millioninchi foydalanuvchisiga Samsung Galaxy S6 mobil telefonini sovg`a qiladi, deya xabar beradi Gazeta.uz nashri.
Plastik karta egalariga o`z uyali telefonlari orqali turli xizmatlar uchun to`lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi CLICK tizimi 2011 yilning noyabr oyida ishga tushirilgan edi.





