AsosiyJamiyat

2020 yilga borib yurtimizda yiliga 1200 yuk vagon ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

2020 yilga kelib quyma mahsulotlar ishlab chiqarishda etakchi bo`lgan quyuv-mexanika zavodida yiliga 1200 yuk vagoni ishlab chiqarish, 1500 vagonni ta`mirlash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Toshkent yo`lovchi vagonlarini qurish va ta`mirlash zavodida  zamonaviy yo`lovchi tashish vagonlarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.

So`nggi yillarda bu erda 120 yangi vagon ishlab chiqarilib, 735 vagon modernizasiya qilindi.

2013 yilda mintaqamizda temir yo`l transporti uchun quyma mahsulotlar ishlab chiqarishda etakchi bo`lgan ushbu korxonada qiymati 150 million dollardan ortiq modernizasiya ishlari bajarilib, korxona Germaniya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan texnologik liniyalar bilan jihozlandi.

Bu haqda Toshkentda bo`lib o`tgan MDHga a`zo davlatlar temir yo`l transporti bo`yicha  Kengashining 63-majlisida “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati raisi O.Ramatov so`zlab berdi.

O`zbekiston temir yo`llari yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy transport tizimi bo`lib, bugungi kunda ularning uzunligi 6 ming kilometrdan ziyodni tashkil etadi.

 

    Boshqa yangiliklar