O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015 yil to`qqiz oyi yakunlariga bag`ishlangan yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Tadbirda sportchilarimiz joriy mavsumdagi ko`plab xalqaro musobaqalarda 215 oltin, 232 kumush, 243 bronza medalni qo`lga kiritishga muvaffaq bo`lgani ta`kidlandi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga binoan o`tgan davrda yurtimizda 80 ta madaniyat va aholi dam olish markazi, 29 ta madaniyat va istirohat bog`i foydalanishga topshirilgani qayd etildi.
Shu bilan birga, aholi o`rtasida 5120 ommaviy sport tadbiri o`tkazildi. Voyaga etmaganlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida joylarda ommaviy sport musobaqalari muntazam tashkil etilayotgani yoshlarning bo`sh vaqtini samarali tashkil etish imkonini bermoqda.





