Mamlakatimizda qonunchilikka muvofiq maxsus lisenziyaga ega bo`lmasdan aholiga pullik transport xizmati ko`rsatishi taqiqlanadi. Agarda qonuniy faoliyat yuritilsa, qator qulayliklar yaratiladi.
Ta`kidlash joizki, yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarga qaramasdan noqonuniy ravishda kirakashlik faoliyati bilan shug`ullanayotganlar uchrab turibdi. Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda o`tkazilayotgan nazorat tadbirlari ana shunday qonunbuzilishlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning shu davrida o`tkazilgan 354 ta nazorat tadbirida 1541 ta lisenziyasiz taksi faoliyati bilan shug`ullangan huquqbuzar shaxslar aniqlandi, deya xabar beradi Surxondaryo viloyati DSB axborot xizmati. Ularga nisbatan 2 mlrd. 280 mln. 91 ming so`m miqdorida ma`muriy jarima qo`llanildi. Shuningdek, 15 nafar huquqbuzar shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi.





