AsosiyJamiyat

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari qadimiy shaharlarga sayohat uyushtirdilar

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bir qator davlat va jamoat, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ta`lim, sog`liqni saqlash, gumanitar yordam sohalarida turli loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining qadimiy shaharlarimizga uyushtirilayotgan sayohati shunday loyihalardan. Sayohat davomida bolalar tarixiy obidalar bilan birga, istiqlol yillarida barpo etilgan muhtasham inshootlar bilan tanishib, katta taassurot olmoqda.

Shunday ekskursiyalardan biri qadimiy va navqiron Samarqand shahriga uyushtirildi. Poytaxtimizdagi Mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatlarning ellik nafar tarbiyalanuvchisi noyob me`moriy obidalar, Samarqand tarixi muzeyi va boshqa inshootlar bilan tanishdi.

    Boshqa yangiliklar