Imkoniyati cheklangan bolalar uchun NEXT savdo-ko`ngil ochar majmuasi “Har bir bolaga xursandchilik va quvnoq kayfiyat” –– deb nomlangan ijtimoiy loyihani tashkil etmoqda. Bu ijtimoiy loyihaning asosiy maqsadi ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bulgan bolajonlarning murg`ak qalbiga quvonch va quvnoq kayfiyat ulashishdir.
NEXT savdo-ko`ngil ochar majmuasi o`sib kelayotgan avlodni ma`naviy va marifiy jihatdan to`g`ri tarbiyalashda o`z hissasini qo`shib, shu sohada zarur bo`lgan chora – tadbirlarni amalga oshirib kelmokda. Shu jumladan, mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan daun, autizm, DSP, va aqli zaif bolalar uchun, NEXT savdo-ko`ngil ochish majmuasi ularni tashrif buyura olmasliklarini inobatga olib shu ijtimoiy loyiha, ya`ni “Yura davriga sayoxat” maskanidagi dinozavr maketini (Tiranazavr Reks) va qiziqarli Sehrgar shousi bilan bolalar uylariga tashrif buyurishni qaror qildi. Tashrif doirasida, 2015 yilning 25 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod va Yakkasaroy tumanlardigi bir-nechta mexribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning qalbiga quvonch va quvnoq kayfiyat ulashish uchun nafaqat ajoyib tomoshalar, balki dinozavrlar haqida ilmiy va tarixiy ma`lumotlarni taqdim etish.
“Ijtimoiy ma`suliyat- bizning ish jarayonimizda alohida o`rin egallaydi. Biz uchun oilaviy qadriyatlar xamda aholining sog`lom turmush tarzi muxim ahamiyatga ega, shuning uchun barkamol avlodni voyaga etkazishda oz bo`lsada o`z xissamizni qo`shish bizning burchimiz deb bilaman”,- deb ta`kidladi “Ilmiy laboratoriya” ning ilmiy rahbari Nodira Ibroximova.





