Rossiyaning Anapa shahrida 13-20-sentyabr kunlari bo`lib o`tadigan MDH davlatlari, Latviya, Litva va Estoniya kinoijodkorlarining “Kinoshok” festivali hakamlari tarkibi e`lon qilindi.
Uning a`zolari orasida o`zbekistonlik taniqli aktyor va rejissyor Rustam Sagdullaev ham bor. Rejissyor Yolqin To`ychievning “Hayotda” filmi ham festivalga yo`l oladi. Kim bilsin, balki mazkur film festivalning bosh sovrini —“Oltin novda” ga loyiq ko`rilar.





