AsosiyJamiyat

Makkada o`zbekistonlik ishchi guruh a`zolari yuksak e`tirof etildi

O`zbekistonlik ishchi guruhi a`zolarining Madina shahridagi sermahsul faoliyatini O`rta Osiyo va Afg`oniston hojilariga xizmat ko`rsatuvchi muassasa tomonidan yuksak e`tirof etildi. Bu haqda O`zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy sayti xabar beradi.

ojilarni kutib olish, joylashtirish, ziyorat va kuzatishda joriy qilingan tartib-intizom hamda ko`rsatilgan faollik uchun O`zbekiston haj ishchi guruhi mazkur muassasa tomonidan maxsus maqtov yorlig`i bilan taqdirlandi.

Madina shahridagi haj ishchi guruhi a`zolari o`zbekistonlik ziyoratchilarni aeroportdan kutib olish, mehmonxonaga joylashtirish, Madina shahridagi muqaddas joylarni ziyorat qildirish va ularni Makka shahriga kuzatish kabi tashkiliy ishlarni tizimli olib bordilar.

Tashakkurnoma ishchi guruhimizning kelgusidagi ishlarida qo`shimcha rag`bat bo`lib, o`z ishlariga yanada mas`uliyat bilan yondoshishlariga xizmat qilishi shubhasiz.

O`z navbatida, namunali hamkorliklari uchun o`zbekistonlik ishchi guruhi tomonidan O`rta Osiyo va Afg`oniston hojilariga xizmat ko`rsatuvchi muassasa rahbarlariga tashakkur bildirildi.

 

    Boshqa yangiliklar