AsosiyShou-biznes

Kaniza kimga sevgi izhor qildi?

Ba`zi bir san`atkorlar tanqidni yomon ko`radi. Ammo Kaniza tanqiddan ilhomlanadiganlardan. Intervyularning birida xonandaning o`zi ham buni ta`kidlab o`tgandi.

Ijodini ko`tarinki kayfiyatda davom ettirayotgan Kaniza  ko`pchilikning tanqidiga duchor bo`lgan, ayrimlarga esa manzur bo`lgan “Hammasi” qo`shig`ini qayta kuyladi. Qo`shiqni xonanda remiks tarzida kuylab, radioto`lqinlar orqali taqdim etdi. SMJ Group bilan hamkorlikda yaratilgan tarona muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Darvoqe, xonanda “telegram” sahifasida bir surat joylashtirib, unda “Men seni juda qattiq sevaman” deb yozib qo`yganiga guvoh bo`ldik. Bunga izoh so`raganimizda esa avvaliga xonanda bizni chalg`itdi va:

 — Bu so`zni o`zimga o`zim yozdim, har bir ayol o`zini sevishi kerak axir, — deya qutulib qolmoqchi bo`ldi. Ammo qistovga olganimizdan so`ng Kaniza, — Mayli, kuyovbola xursand  bo`lsin dedim-da, —deya iqror bo`ldi.  Kuz oxirida to`yi bo`lishi kutilayotgan xonandaga baxt tilab qolamiz.  

    Boshqa yangiliklar