Har yili O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi yangi o`quv yilida umumta`lim maktablarining 1-sinflarini, kam ta`minlangan oila farzandlarini bepul hamda qolgan o`quvchilarni ijara tizimi asosida darsliklar bilan ta`minlanishi uchun alohida sa`yi- harakatlar olib boradi.
Bu yil ham ta`lim muassasalarini darsliklar bilan o`z vaqtida ta`minlashga jiddiy kirishildi. Va bugungi kunga qadar respublikamizning barcha hududlarga zaruriy o`quv qo`llanmalari etkazildi.
QARIYB 26 MILLION DARSLIK ChOP ETILDI
2015-2016 o`quv yili uchun umumta`lim maktablarining 1-9 sinf o`quvchilariga jami 454 nomdagi 25 708 492 nusxa darslik va o`quv-metodik qo`llanmalar chop etildi va joylarga etkazildi, shularning 349 nomdagi 21 189 502 nusxasi qayta nashr, 105 nomdagi 4 518 990 nusxasi yangi nashrdagi darsliklarni tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida 2015-2016 o`quv yili uchun 1-sinf o`quvchilariga chet tili darsliklari, 2-sinflarga mashq daftarlari hamda 3-sinflar uchun chet tili darslik majmualari (darsliklar, mashq daftarlari, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar va ularning multimedia ilovalari) hamda 7-sinf chet tili o`qituvchilari uchun metodik qo`llanmalar va ularning multimedia ilovalari ham chop etilgan.
Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi umumta`lim maktablari uchun mazkur darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar “O`zbekiston”, “O`qituvchi”, “G`afur G`ulom” nashriyot matbaa ijodiy uylari hamda “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi va “Yangiyo`l poligraf servis” mas`uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan chop etildi.
Umumta`lim maktablari o`quvchilarini darsliklar bilan ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2014 yil 28 aprelda ro`yxatdan o`tgan “Umumta`lim maktablarini darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar bilan ta`minlash tartibi to`g`risidagi” Nizom asosida amalga oshiriladi.
DARSLIKLARNI IJARAGA BERISh ShARTLARI
Ijara tizimidagi darsliklar to`plami o`quvchilarga umumta`lim maktabi ma`muriyati va o`quvchining ota-onasi yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxs yoxud homiy o`rtasida tuziladigan darsliklarni ijaraga berish to`g`risidagi namunaviy shartnoma asosida beriladi.
Bepul foydalanish uchun taqdim etiladigan darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar, shu jumladan chet tillari bo`yicha darsliklar va ularga o`quv-metodik qo`llanmalar umumta`lim maktabi ma`muriyati va o`quvchining ota-onasi yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxs yoxud umumta`lim maktabi o`qituvchisi o`rtasida tuziladigan darsliklar va/yoki o`quv-metodik qo`llanmalarni bepul foydalanishga berish to`g`risidagi namunaviy shartnoma asosida beriladi.
Darsliklar to`plami uchun ijara to`lovi shartnomaga asosan 30 sentyabrgacha to`liq hajmda to`lanadi. O`quvchilarning ota-onalari pul mablag`lari vaqtinchalik yo`qligi sababli, ijara to`lovi muddatini uzaytirish to`g`risida umumta`lim maktabi ma`muriyatiga murojaat qilishi mumkin. Bunda ijara to`lovi muddati umumta`lim maktabi vasiylik kengashi qarori va direktor buyrug`i bilan uzaytiriladi. Ijara to`lovi muddati uzaytirilgan taqdirda, mazkur to`lovning 50 foizi 30 sentyabrgacha, qolgan qismi esa 30 noyabrgacha to`lanishi lozim.
Darsliklar to`plami uchun ijara to`lovlari umumta`lim maktabining shaxsiy g`azna hisobvarag`iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to`lanadi.
Darsliklarni o`quvchilarga berilish muddati qachongacha?
Darsliklarni to`liqsiz to`plamda ijaraga berishga yo`l qo`yilmaydi.
O`quvchi boshqa maktabga o`tgan taqdirda
O`quvchini boshqa umumta`lim maktabiga o`tkazish to`g`risida buyruq chiqarilgan taqdirda, unga ijara asosida foydalanish uchun berilgan darsliklar uch kun ichida umumta`lim maktabi kutubxona jamg`armasiga to`liq to`plamda qaytarilishi lozim. Bunda to`langan ijara to`lovi qaytarilmaydi va o`quvchiga umumta`lim maktabi ma`muriyati tomonidan darsliklar to`plamidan foydalanish uchun ijara to`lovi to`langanligi to`g`risida ma`lumotnoma va tegishli to`lov hujjatining nusxasi beriladi. O`quvchi uni qabul qilgan umumta`lim maktabi tomonidan mazkur ma`lumotnoma va to`lov hujjatining nusxasi asosida darsliklar to`plami bilan bepul ta`minlanadi.
Darslik yaroqsiz holga kelsa...
Darsliklar yoki o`quv-metodik qo`llanmalardan foydalanish usulidan qat`i nazar, ular yo`qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o`quvchining ota-onasi yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o`qituvchilar zararni xuddi shunday darslik yoki o`quv-metodik qo`llanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko`rsatilgan qiymatini to`laydi.
To`lov quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
Maktablarda ijara tizimi bilan bog`liq quyidagi ma`lumotlar joylashtirilishi shart:
- darsliklar to`plamlarini foydalanishga berish va ijara to`lovini to`lash tartibi;
- darsliklar to`plamlaridan foydalanish shartlari va muddatlari;
- joriy o`quv yili uchun O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg`armasi Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan ijara to`lovlari miqdorlari;
- darsliklar yo`qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga keltirilgan taqdirda, zararni qoplash tartibi.





