AsosiyJamiyat

Aviakassalar dam olish kunisiz ishlaydi

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK Havo aloqalari bosh agentligining Toshkent shahridagi aviakassalari har kunlik (dam olish kunlarisiz) ish rejimiga o`tdi, deya xabar beradi kompaniya axborot xizmati.

2015 yilning 1 sentyabridan “O`zbekiston havo yo`llari” MAK Havo aloqalari bosh agentligi aviakassalari (Toshkent sh., Amir Temur shohko`chasi, 51) dam olish kunlarisiz, har kuni soat 08.00 dan 19.00 gacha ishlaydi.

Bunday ish jadvali aviaqatnovlarga joylarni bron qilish, xarid qilish va aviatashuvlarning amalga oshirilishi yuzasidan batafsil ma`lumotlar olishni xohlovchi yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy etildi. Yo`lovchilarga sifatli xizmat ko`rsatish uchun amaliyotlar o`tkaziluvchi kassa zalida quyidagi qulayliklar yaratilgan:

  • yo`nalishni tanlash;
  • samolyotlarning harakatlanish jadvali va aviachiptalarning narxlari bilan tanishish uchun elektron touch-panel;
  • «UzAirPlus» dasturidan foydalanuvchi yo`lovchilar uchun alohida xizmat ko`rsatish joyi;
  • qog`ozda bajarilgan turli ma`lumotlarga ega axborotlar;
  • “O`zbekiston havo yo`llari” MAK qatnovlarida tashuv qoidalari to`g`risidagi videoroliklar tushirilgan axborot monitorlari
  • Naqd pulsiz hisob-kitob qilish orqali aviachipta sotib olishni xohlovchi yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzish uchun alohida oyna. 

    Boshqa yangiliklar