Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanidagi 7-bolalar musiqa va san`at maktabida yaratilgan zamonaviy sharoit tarbiyalanuvchilarning nufuzli ko`rik-tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga xizmat qilmoqda.
Maktab qoshida faoliyat yuritayotgan “Sabo” raqs ansamblining qo`lga kiritayotgan yutuqlari e`tirofga sazovor. Xususan, yaqinda ushbu jamoaning uch nafar a`zosi – Sevinch Eshniyozova, Shahrizoda Abbosova va Zumrad O`sarova Latviyaning Yurmala shahrida o`tgan “Arabesk – 2015” xalqaro raqs tanlovida folklor yo`nalishida birinchi, milliy raqs yo`nalishida 2-o`rinni qo`lga kiritdi, deya xabar beradi O`zA.





