AsosiyShou-biznes

ShOK.UZ SAYTI ShAHZODANI MUHAMMEDOVANI SUDGA BERDI!

Xabaringiz bor, gazetamizning o`tgan sonlarining birida aktrisa Shahzoda Muhammedova obro`yini to`kkanlikda ayblab, “Shok.uz” sayti xodimlarini  sudga berganligi haqida maqola chop etilgan edi.

Shundan so`ng  sayt xodimlari ham tahririyatimizga qo`ng`iroq qilib, vaziyatga oydinlik kiritmoqchi ekanliklarini bildirishdi. Eslatib o`tamiz, sayt xodimi Oybek ushbu maqolani umuman aktrisaga tegishli emasligini o`tgan sondagi maqolada ham ta`kidlab o`tgandi.

Oybek (sayt xodimi): — Yana bir bor aytaman, saytdagi anonim maqolaning Shahzoda Muhammedovaga hech qanday daxli yo`q. Aktrisa negadir bu maqolani o`ziga tegishli deya hisoblab, maqolani saytdan o`chirib  tashlashimizni po`pisa bilan talab qildi. Eng yomoni, aktrisa bizni tilga olib bo`lmaydigan gaplar bilan haqoratladi. Mana, ishonmasangiz eshitib ko`ring.

Oybek Shahzoda Muhammedovaning  sayt xodimlariga yozib jo`natgan SMS xabarlari, audioyozuvlarni taqdim etdi. SMSni o`qib, audioyozuvni eshitib hayratdan yoqa ushladik. Nahotki, shu biz bilgan Shahzoda Muhammedova bo`lsa?

Bu saytga mojaroga sabab bo`ladigan maqolani yozish nega kerak bo`ldiykin?

Laziza (sayt xodimi):

—    Bizning saytimizda san`atkorlar bilan bog`liq turli mazmundagi loyihalar,  maqolalar yoritiladi. Saytdagi mojaroli anonim maqola boshqa bir san`atkor ayol hayotigaga tegishli edi. Maqola o`z oilasini saqlab qolishga urinayotgan ayolning iltimosiga ko`ra yozilgan edi. Shahzodaning o`zi birinchi bo`lib bizga qo`ng`iroq qilib, “maqolani olib tashlang, bo`lmasa falonchiga  aytaman, sizlarga ko`rsatib qo`yadi”, deya bizni haqoratlay ketdi. Yo`q aybimiz uchun bizni sudga bergani esa hammasidan oshib tushdi!

Suhbat yakunida shu ma`lum bo`ldiki, avvaliga aktrisa saytni sudga bergan bo`lsa, endi asossiz haqorat va tuhmat uchun sayt xodimlari Shahzoda Muhammedovani sudga berishibdi. Ko`ramiz, bu mojaroning oxiri nima bilan tugarkin? Bu haqda batafsil ma`lumotlarni gazetamizda sudning yakuniy xulosasidan so`ng o`qiysiz! 

    Boshqa yangiliklar