AsosiyJamiyat

AYoQShlarda benzinga kuzatilayotgan navbatlarning sababi oydinlashdi

Avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchalarida benzinga uzoq navbatlar kuzatilayotgani, ba`zi vaqtlarda esa benzin yo`qligi kabi holatlar  yuzaga kelyapti, buning ustiga yaqinda benzin narxi osharmish degan “mish-mish”lar ham yuripti. Shunga oydinlik kiritib bersangiz?

D.Jumanazarov, Toshkent sh.

«O’ZNEFTMAHSULOT» aksiyadorlik kompaniyasi ushbu masala yuzasidan hamyurtlarimizga quyidagicha bayonont berdi va ko`nglini hotirjam qildi:

XAVOTIRGA O`RIN YO`Q!         

Ayni kunlarda respublikamizning ayrim hududlaridagi, shuningdek poytaxtdagi ba`zi avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) avtobenzinga navbatlar kuzatilmoqda.

Mazkur holat quyida sanab o`tiladigan «O`zneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasiga bog`liq bo`lmagan omillar natijasi o`laroq yuzaga kelmoqda.

·         Birinchidan, - “avtobenzinning narxi oshar ekan”, – degan shov-shuv xabarning tarqalgani. Shu munosabat bilan, yana qayta ta`kidlaymizki, yaqin kelajakda avtobenzin narxining oshirilishi kutilmayapti.

·         Ikkinchidan, ayrim shov-shuv ishqibozlari tomonidan aholi orasida - “bayram arafasida AYoQShlarda avtobenzin bo`lmas ekan”, – degan shov-shuv gapning tarqatilayotgani. Bu xususda «O`zneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi shuni ishontirib bayon qiladiki, bayram arafasida va undan keyin ham yonilg`i ishlab chiqarishni mumkin qadar ko`paytirish hisobidan AYoQShlarga nafaqat rejalashtirilgan miqdorda, balki unga qo`shimcha miqdorda ham avtobenzin etkazib berish mo`ljallanmoqda.

·         Uchinchidan, shuni ta`kidlash lozimki, yuqorida bayon etilgan shov-shuvlarga uchgan avtomobil egalari avtobenzinni keragidan ortiqda xarid qilib, g`amlab olishga harakat qilishmoqda. Xususan, ayrim avtomobil egalari o`z uylari yoki garajlarida avtobenzinni zaxira qilib qo`yishga kirishishgan. Bundan tashqari, chayqovchilik maqsadida AYoQShlarda avtobenzinni avtomobil bakini liq to`ldirib olib, yaqin-atrofda kanistrlarga bo`shatish va yana avtobenzin olishga qaytish holatlari ko`payib qoldi. O`rni kelganda shuni alohida qayd etish kerakki, xavfli yonilg`i mahsulotlarining maxsus moslashtirilmagan joylarda saqlanishi ko`ngilsiz natijalarga  olib kelishi mumkin.

·         To`rtinchidan, statistik ma`lumotlardan ko`rinib turganidek bunga avtomobillar sonining yildan-yilga ko`payib borayotganligi ham muhim omillardan biri bo`lib xizmat qilmoqdaki, mazkur holat, o`z navbatida, avtobenzin iste`molining borgan sayin ortib borishiga olib kelmoqda, shubhasiz.

BARChA ZARUR ChORALAR KO`RILMOQDA

«O`zneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi mazkur vaziyatni barqarorlashtirish uchun neftni qayta ishlash zavodlarida avtobenzin ishlab chiqarish miqdorini mumkin qadar ko`paytirish, shu jumladan chetdan qo`shimcha miqdorda uglevodorod xomashyosini keltirish va iste`molchilarni avtobenzin bilan tegishli miqdorda ta`minlash yuzasidan barcha zarur choralarni ko`rmoqda. 

Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, kompaniya aholidan turli shov-shuvlarga ishonmaslikni va xavotirga berilmaslikni so`rab qoladi.

Laylo RUSTAMOVA tayyorladi 
 

 

    Boshqa yangiliklar