Samarqand shahridagi “BOFANDA” mas`uliyati cheklangan jamiyat negizidagi “SAMARKAND APPAREL” xorijiy korxonasi qoshida “Dizayn markazi” ish boshladi.
Yurtboshimiz va hukumatimizning kichik biznes va tadbirkorlik qarorlaridan ilhomlangan korxona ta`sischilari Janubiy Koreyadan tayyor kiyimlar va dizayn bo`yicha etakchi mutaxassislarni taklif qilishdi va joriy yilning 7 iyul sanasidan boshlab shahrimizdagi yosh va qobiliyatli dizaynerlarni jamlagan holda o`zining ilk trening kurslarini boshladi.
Yosh dizaynerlarga zamonaviy moda va dizayn sohasidagi yangiliklar, amaliy va nazariy ma`lumotlar, yangi tendensiyalar to`g`risida atroflicha malaka darslari tashkil qilinmoqda.
“Malaka darslari va xorijiy mutaxassislarning bizga bergan ta`limlari asosida biz milliy dizayn va zamonaviy yo`nalishlarni uyg`unlashtirgan holda o`zimizning yangi modellarimizni yaratishga ulgurdik.” – deydi to`lqinlanib trening ishtrokchilaridan biri.
Jamiyat ma`muriyati mazkur markazning istiqboldagi faoliyati mevalarini o`zining “Flis” nomli proektida qo`llashni va yangidan yangi, zamonaviy tayyor trikotaj va tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni eksportga yo`naltirish va shu borada vatanimizning iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashni rejalashtirishgan.





