10 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ma`muriy javobgarlik to`g`risida”gi Kodeksga kiritiladigan tuzatishlarni imzoladi.
Unda belgilangan harakat tezligini oshirgani uchun transport vositalari haydovchilariga solinadigan jarimalarga aniqlik kiritadi. Mazkur o`zgartirishlar 11 avgustdan kuchga kirdi.
“Ma`muriy javobgarlik to`g`risida”gi Kodeksning yangilangan 128-1-moddasiga ko`ra, transport vositalari haydovchilari belgilangan tezlikdan 40 km/soatdan ko`proq oshsa, avvalgi eng kam ish haqining 10 barobarida emas, eng kam ish haqining 7 barobari miqdorida jarimaga tortiladi.
Avval ushbu qoidabuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatgacha mahrum qilish jazosi qo`llanar edi.





