AsosiyJamiyat

“O`zbekiston havo yo`llari” parvozdan oldin yo`lovchilarning og`irligini o`lchaydi

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasida parvozdan oldin yo`lovchining qo`l yuki bilan birgalikda o`rtacha vaznini o`lchash bo`yicha tadbir o`tkaziladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar beradi.
Xalqaro havo transporti assosiasiyasi qoidalariga muvofiq aviakompaniyalar parvozlar xavfsizligini ta`minlash talablariga rioya kilish uchun muntazam ravishda parvozdan oldin yo`lovchilar va ularning qo`l yuklarining vaznini aniqlash bo`yicha tadbirlarni o`tkazib turishlari zarur.
Qatnovga ro`yxatdan o`tib bo`lgach, havo kemasiga chiqishingizdan oldin biz sizga samolyotga chiqish zonasida o`rnatilgan maxsus tarozilarda vaznni o`lchashni taklif qilamiz.
Vazn o`lchash natijalarini qayd etish blankasida faqatgina yo`lovchining toifasi (erkak, ayol, bola) ko`rsatiladi, xolos. Boshqa maxfiy natijalar to`liq saqlanishi kafolatlanadi.
 

    Boshqa yangiliklar