8 avgust kuni Urganchdagi konsert oqibatlari ayanchli tugagani barchamizga ma`lum. Shov-shuv.uz internet nashrining yozishicha, shahar markazidagi “Yoshlar ko`li”da xonanda Navro`z Sobirovning konsert dasturi taqdim etilgan.
Shov-shuv.uz internet nashri xonanda Navro`z Sobirovga bir nechta savollar bilan murojaat qilgan.
-Siz ushbu konsert falokatida o`zingizni qanchalar aybdor his etyapsiz?
-Odamlar senda ayb yo`q deyishyapti.
-Bu qadar ko`p tomoshabin jamlangan ekan, demak siz Urganchda juda mashhursiz. Nechta qo`shig`ingiz bor?
-300 taga yaqin.
-Konsertga chiptalar sotilganmidi?
-Tekin konsert edi. Menga konsert deyishgan. Apil-tapil kiyinib, 8 avgust kuni “Yoshlar ko`li”ga borib kuyladim. Boshqa hech narsadan xabarim yo`q.
-Bir necha yurtdoshlaringiz o`lganidan-chi? Xabaringiz bormi, bunday noxush ma`lumotdan?
-Ha, shunday deyishdi. Men faqat kuyladim.





