O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita Axborot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, 2015 yilda 6160 nafar hamyurtimiz umra ziyoratini ado etib qaytdi.
Sentyabr-oktyabr oylarida 5200 nafar yurtdoshimiz haj ziyoratiga borib kelishi ko`zda tutilgan.
Ta`kidlash joizki, bugun Respublikamizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2238 diniy tashkilot faoliyat olib boradi. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian tashkilotlar, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va budda ibodatxonasi mavjud.





