2015-2016-o`quv yilida Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portalida talabalar uchun “Talabalar turar joyida yashash uchun onlayn ariza yuborish”, “Talabalr turar joyi uchun elektron to`lov”, “Magistraturga kirish uchun onlayn ariza yuborish” kabi elektron xizmatlarni ishga tushirish rejalashtirildi.
Hozir Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida faqatgina “Abiturientlarni hujjatlarni to`plamini qaytarib olish uchun elektron ariza berish” xizmati joriy qilindi. Oliy o`quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan hujjatlar to`plamini imtihon natijalari e`lon qilingandan so`ng qaytarib olish zaruriyati tug`ilganda, abiturientlar Yagona portal orqali to`g`ridan-to`g`ri ariza yuborish orqali amalga oshirishlari mumkin, deya xabar beradi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish Markazi.
Joriy etilgan yangi xizmat viloyatlarda, oliy o`quv yurtidan olisda istiqomat qiluvchi abiturientlar uchun hujjatlar to`plamini qaytarib olishda qulay imkoniyat yaratadi. Xizmat natijasiga ko`ra, abiturientga buyurtma pochta orqali hujjatlar to`plami qaytariladi. Arizachi yashash manziliga yaqin bo`lgan pochta bo`limlariga tashrif buyurib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etgan holda hujjatlarni olishi mumkin. Ushbu xizmatdan foydalanish www.my.gov.uz - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqaligina amalga oshiriladi.
Bundan tashqari Yagona portalda kelgusida joriy qilinadigan xizmatlar to`g`risida ma`lumot berib o`tsak:
1. “Talabalar turar joyida yashash uchun elektron ariza yuborish” xizmati interaktiv xizmat hisoblanib, oliy ta`lim muassasalariga yangi o`qishga qabul qilingan talabalar uchun mo`ljallangan. Talabalar mazkur xizmatdan on-line tarzda ariza berishlari va bo`sh yashash o`rni mavjudligi to`g`risina ma`lumot olishlari mumkin. Ushbu interaktiv xizmatdan 2015-2016- o`quv yili boshida (test sinovlari e`lon qilingandan so`ng) foydalanish mumkin.
2. “Talabalar turar joylari uchun elektron to`lov” interaktiv xizmati oliy ta`lim muassasalariga yangi o`qishga qabul qilingan talabalar uchun mo`ljallangan. Talabalar mazkur xizmatdan on-line tarzda ariza berishlari va oliy talim muassasasi tomonidan tashdiqlangandan so`ng elektron to`lovni amalga oshirishlari mumkin. Ushbu interaktiv xizmatdan 2015-2016- o`quv yili boshida (test sinovlari e`lon qilingandan so`ng) foydalanish mumkin.
3. “Magistraturaga o`qishga kirish uchun online hujjat topshirish” interaktiv xizmati oliy ta`lim muassasalarining Magistratura bo`limiga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonini olib boradi. Ushbu interakliv xizmatdan Bakalavr yonalishlarini tamomlagan talabalar uchun mo`ljallangan. Xizmat kelgusida ishga tushadi. Bundan tashqari Yagona portal orqali talabalar va OTMlari xodimlari Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi rahbari qabuliga yozilishlari, unga o`z murojaatlarini yuborishlari mumkin.





