AsosiyJamiyat

Samarqand Avtomobil Zavodi Evro-4 standartiga mos avtobusni taqdim etdi

ISUZU Motors prezidenti Susumu Xosoi boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Samarqandda joylashgan Samarqand Avtomobil Zavodiga ham tashrif buyurdi. Delegasiya vakillari siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi ilk avtobusning tantanali taqdimotida ishtirok etdilar.

CNG dvigatelli avtomobillarning iqtisodiy tejamkorligi va ekologik xafvsizligi ushbu turdagi mahsulotga bo`lgan extiyojning yuqori bo`lishiga umid bildirilmoqda. Bu esa ISUZU Motors ko`magi bilan O`zbekistonda CNG dvigatelli yo`lovchi avtobusini ishlab chiqarish haqidagi qarorning qabul qilinishiga turtki bo`ldi. Bugungi kunga qadar dizel dvigatelli avtobuslarning kattagina qismi gaz yoki gazodizel dvigatellariga almashtirilgan. Biroq boshqa korxonalar tomonidan qayta jihozlangan avtomobillarga nisbatan “SamAvto” MChJ dilerlik markazlari tomonidan kafolat hizmati ko`rsatilmasligi ma`lum qilingan.

Taqdim etilgan tajribadagi avtobus namunasi yaponiyalik mehmonlar tomonidan olqishlar va ijobiy fikrlar bilan qarshi olindi. Evro-4 standartiga mos CNG dvigatelli avtobuslar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yo`lovchi transporti sifatini yanada yuqori pog`onalarga olib chiqish imkonini beradi.

O`zbekiston hukumatining qaroriga ko`ra, 2011 yilda ISUZU va Samarqand Avtomobil Zavodining qo`shma loyihasi asosida CNG dvigatelida harakatlanuvchi tijorat avtomobillarining ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan edi. 2013 yilda esa gazda harakatlanuvchi yuk mashinalarini ishlab chiqarish boshlandi, 2014 yilda esa zavod CNG dvigatelida harakatlanuvchi mahsus avtomobillarni ishlab chiqarishga buyurtma oldi.

«SamAvto» MChJ va ISUZU Motors hamkorligining samaradorligini nafaqat yangilangan avtobuslar va yuk mashinalari parki, balki Samarqand zavodining yildan yilga o`sib borayotgan ishlab chiqarish hajmi va uning mahsulotlariga bo`lgan talabning barqarorligi ham tasdiqlamoqda. Bu kabi yutuqlarning yorqin misoli sifatida ushbu yilning fevral oyida zavodda ishlab chiqarilgan 20 000chi yubileyli avtomobilning taqdimotini  yodga olish mumkin.

Delegasiyaning Samarqandga tashrifi arafasida 29 iyul kuni Toshkentda imzolangan kelishuvga ko`ra “Samarqand Avtomobil Zavodi” MChJ ta`sischilari safiga Yaponiyaning ISUZU Motors Ltd avtomobilsozlik kompaniyasi ham kirdi.

 

    Boshqa yangiliklar