AsosiyShou-biznes

“San`atkorlarning oilasiga rahna solayotgan kim?”

Aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva ayni kunlarda farzand kutayotganidan ko`pchilikning xabari bor. Uning o`tgan hafta instagramdagi shaxsiy sahifasiga qo`ygan surati va unga qoldirgan izohi e`tiborimizni tortmay qolmadi. Aktrisa kimdandir qattiq ranjigan ko`rinadi. Izohlarni o`qib batafsil ma`lumot olish uchun unga qo`ng`iroq qildik.

Muqaddas Sa`ddulaeva, aktrisa:

— Ijtimoiy tarmoqlarda “Mashhur yulduzlar oilasi” nomli sahifa bor. Mazkur sahifani yurituvchi noma`lum shaxslar men kabi qanchadan-qancha san`atkorlarning shaxsiy hayotiga burnini suqib, oilaviy muammolarni keltirib chiqarishyapti. Turmush o`rtog`im bilan suratimni mazkur sahifaga joylab, odamlar g`iybat qilishi, turli bo`hton gaplarni aytishi uchun sharoit yaratib berishyapti. Ularga Xudodan insof so`rayman!

    Boshqa yangiliklar