AsosiyJamiyat

"MEDIA PARK"da kitoblar uchun alohida rasta?!

Poytaxtimizning Qoratosh mavzesida maishiy texnika mahsulotlari bilan savdo qiluvchi "MEDIA PARK" kompleksi ish boshladi.

Jurnalist Qamariddin Shayxov ushbu majmua haqida o`zining Instagram'dagi shunday deb yozadi: “Mazkur do`konni aylanar ekanman, texnika mahsulotlari orasida kitoblar uchun alohida rasta ajratilgani e`tiborimni tortdi. Bugun kitob uchun bir qarich joyni "isrof" qilishdan qochadigan savdo majmualari kammi, axir. "MEDIA PARK" kompleksida o`zbek, jahon, bolalar adabiyoti o`rin olgan kitoblar rastasi yangi kompleksni ma`naviyat nuri bilan charog`on etib turibdi desak mubolag`aga yo`ymang. Ming afsus uning atrofi unchalik gavjum emas. Muhimi "MEDIA PARK" ma`muriyati bugungi taraqqiy etgan texnika asrida kitoblar inson ruhiy olamini oziqlantiruvchi, ma`naviyatini yuksaltiruvchi asosiy vosita ekanini yana bir bor eslatishga urinishdi va albatta buning uddasidan chiqishda ham. Darvoqe, ochilish marosimi katta shou tarzida bo`lib o`tdi. Odamlarning tirbandligidan Qarotosh atrofida hatto mashinalar harakatlanishi bir necha soat to`xtab qoldi. Yangi texnika kompleksida bugun sotuvchilik vazifasini estrada va kino olamining taniqli "yulduz"lari bajarishdi. Yangi kompleks ayni damda o`z ishini boshlagan”, deya yozadi jurnalist.

    Boshqa yangiliklar