“Darakchi” gazetasi ushbu xabarni eshitgani zahotiyoq ijodiy guruh bilan Sirdaryoga yo`l oldi.
Birinchi suhbatdoshimiz eski uy imoratini 2008 yilda ta`mirlash jarayonida topilgan suyak qoldiqlarini 7 yildan buyon asrab kelgan, kezi kelganda esa o`zi faoliyat yuritayotgan maktabda dars jarayonlarida ko`rgazmali qurol sifatida foydalanishni reja qilgan Xovos tumani 12-umumta`lim maktabi o`qituvchisi Muhayyo Abduraupova mazkur topilma bilan bog`liq tafsilotlarni aytib berdi.
“Bundan etti yil muqaddam eski uyimizning poli ostidan, erning 15-20 sm. yuza qismidan noma`lum jonivorga tegishli suyaklar topildi. Avval boshida bu suyaklarni mushukning yoki kalamushning suyaklari bo`lsa kerak, deb o`yladim. So`ngra sinchiklab qarasam, kalamushning ham, mushukning ham suyaklariga o`xshamaydi.”
Tafsilotlar haqida “Darakchi” gazetasining 9 iyul kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.





