"O`zbeknavo" estrada birlashmasi xonandalar Sabirov Anvar Karimovich, Raxmatova Esmeralda Najmiddinovna (Tamila) va Umarova Kamila Raxmatulloevna (Yagona)larning lisenziyasi to`xtatilganligini ma`lum qildi.
Ular tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-sonli Qarori hamda lisenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlarni buzganligi sababli, xonandalar nomiga berilgan lisenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 22-24 moddalari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015 yil 1 iyuldan to`xtatildi.
Quyida ko`rsatilgan xonandalarga birlashma ogohlantirish berdi.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar
Muminov Sabirjan Adiljanovich
Parmanov Ilxamjon Shomamatovich
Ismiyaminova Dilnoza Mirzatillaevna
“Nihol” mukofoti sovrindorlari
Mirzajonov Yodgorbek Usmonalievich
Otaboeva Shaxnoza Xasanovna
Ubaydullaev Doston Rustamovich
Ortiqov Sherzodbek Sherbutaevich
Xonandalar
Usmanov Masrurjon Marubdjanovich
Umirov Jasurbek Uvaydilloevich
Xamidova Xilola Djuraevna
Shamsiev Umar Axmedjonovich
O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari talabini bajarish har bir xonanda va san`atkorning burchidir, deya xabar beradi birlashma matbuot xizmati.





