AsosiyJamiyat

AQSh viza berishni qayta tikladi

AQSh Davlat departamenti horijiy elchixonalaridagi uskunalar bilan yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etgani hamda viza olishni qayta tiklagani haqida ma`lum qildi. Departament kotibi o`rinbosari Mark Tonerning ta`kidlashicha, mamlakatning barcha elchixona va konsulliklari 30 iyundan e`tiboran avvalgi tartibda ishlamoqda.

21 dan 29 iyungacha vizalar cheklangan tartibda rasmiylashtirildi, ammo ushbu davrda ham 410 mingdan ortiq ariza ko`rib chiqildi, bu esa katta navbatlar yuzaga kelishini oldini oldi.

Eslatib o`tamiz, vizalar berishdagi uzilishlar 13 iyundan yuz bera boshladi. Ularni bartaraf etish bilan 100 dan ortiq mutaxassislar shug`ullanishdi.

    Boshqa yangiliklar