Toshkent shahrida “Mersedes-Benz” rusumli avtobuslarning yonib ketishiga asosan elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo`lmoqda, deb yozmoqda “Oila davrasida” nashri.
“Toshshahartransxizmat” shirkati bo`lim boshlig`i Muxtor Alievning ma`lum qilishicha, Germaniyaning “Evo Bus GmbX” shirkatidan sotib olingan “Mersedes-Benz Sonecto O 345” rusumli avtobuslarning 12 yil ichida tasarruf etilishi oqibatida elektr simlari plastik qobig`i nosoz holga kelgan.
Nashrning yozishicha, harakat payti yonib ketayotgan, nisbatan yangi sanalgan “Mersedes-Benz Low Floor” avtobuslari kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan esa Germaniyaga shirkatiga reklamasiya xatlari jo`natilgan. Yong`inlarning oldini olish bo`yicha choralar ko`rilayotgani sabab transport tarkibini almashtirish – boshqa rusumli avtobuslar cotib olish rejalashtirilmagan.





