AsosiyJamiyat

2015/2016 o`quv yillarida bakalavrga 57 907 nafar talaba qabul qilinadi

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015/2016 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga qabul to`g`risida” qaroriga muvofiq ushbu o`quv yillarida bakalavr ta`lim yo`nalishiga 57 907 nafar talaba qabul qilinadi. Shularning 19 120 nafari davlat grantida va 38 787 nafari to`lov-kontrakt bo`yicha tahsil oladi. 

Qarorda aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini hisobga olib ishlab chiqilgan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori tasdiqlanganligi munosabati bilan bakalavr tayyorlashning 7 ta yangi yo`nalishlari joriy etilgan.

Shuningdek, joriy yilda oliy ta`lim muassasalariga 5 000 nafar magistr, shundan 1 548 nafari davlat granti, 3 452 nafari esa to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilinishi belgilangan. 

 

    Boshqa yangiliklar