AsosiyJamiyat

Bugun Inhada «Ochiq eshiklar kuni»

Bugun, 26 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Ochiq eshiklar kuni» hamda AKT tashkilotlari va kompaniyalari ishtirokida «Karera va malaka oshirish yarmarkasi» (Internship & Career Fair IUT 2015) bo`lib o`tmoqda.

«Ochiq eshiklar kuni» abiturientlar hamda ularning ota-onalariga Toshkent shahridagi Inha universitetida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va joriy o`quv yiliga kirish imtihonlarini tashkil etish bilan bog`liq masalalar to`g`risida batafsil ma`lumotga ega bo`lish imkoniyatini beradi.

«Karera va malaka oshirish yarmarkasi» (Internship & Career Fair IUT 2015) yarmarkasi birinchi bor o`tkazilib, Toshkent shahridagi Inha universitetining talabalari hamda mutaxassislarini tayyorlaydigan boshqa OTMlarning talabalari hamda AKT sohasining boshqa manfaatdor mutaxassislari o`z tashkilotlarining taqdimotini o`tkazib, malaka oshirish imkoniyati to`g`risida ma`lumot berishadi.

AKT kompaniyasi vakillari ish izlovchilar bilan suhbat o`tkazadi, shuningdek, o`z tashkilotlarida malaka oshirish imkoniyati to`g`risida ma`lumot tarqatadi. Universitet tomonidan kompaniyalarga bepul tarzda o`z taqdimotlarini o`tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Tadbir Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida soat 9:00 dan 17:00 gacha bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar