26 iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni”ga bag`ishlab ham fond bir qator madaniy-ma`rifiy hamda xayriya tadbirlarini o`tkazishni rejalashtirmoqda. Rejaga muvofiq, fond joriy yilning 25 iyun kuni Toshkent viloyatidagi Zangiota bolalar ahloq tuzatish koloniyasida teatr san`atkorlari ishtirokida sahnalashtirilgan ijodiy teatr tomoshasi tashkillashtirmoqda.
Ushbu kunni yuqori saviyada nishonlash maqsadida Toshkent shahri, viloyatlar markazlari, yirik shaharlarda taniqli artistlar, sportchilar, jamoat arboblari ishtirokida xayriya konsertlari hamda keng ko`lamli targ`ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Yoshlar uchun giyohvand moddalarni iste`mol qilishning halokatli oqibatlariga bag`ishlangan turkum radioeshittirishlar va teleko`rsatuvlar efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallarda maqolalar chop etilmoqda. Kinoteatrlarda giyohvandlik illatining zarari haqida hikoya qiluvchi badiiy va hujjatli filmlar, maxsus roliklar namoyish etilmoqda.
Tadbirni o`tkazishdan asosiy maqsad yoshlar uchun giyohvand moddalarni iste`mol qilishning halokatli oqibatlarga olib kelishi, o`sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini, ma`naviy va ma`rifiy darajasini yuksaltirish, o`sib kelayotgan avlod dunyoqarashini shakllantirish, bahamjihatlikni oshirish, do`stona munosabatlarni o`rnatish, Vatanga yanada sadoqatli, mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash, tinchlikning qadriga etish kabi insoniy fazilatlarni takomillashtirishdir.
“Giyohvandlik va OITS – asr vabosi” mavzuidagi xayriya aksiyasini tashkil etishni rejalashtirdi. Tadbir doirasida Respublika yosh tomoshabinlar teatri aktyorlari tomonidan giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning zararlarini ko`rsatib beruvchi sahna ko`rinishlari namoyish etiladi.





