AsosiyShou-biznes

Munisa Shahzodga “o`jar”lik qilmadi

Kecha xonanda Munisa Rizaeva va Shahzod Murodovlarning ilk ijodiy hamkorligi sanalmish “O`jar” nomli duet qo`shiqqa klip suratga olindi.

Xonanda Shahzod Murodov ijodini boshlaganiga ko`p bo`lmagan bo`lsa-da ancha yillik tajribaga ega san`atkor Munisa Rizaeva bilan birdaniga duet kuylashi ko`plab savollarga sabab bo`lgani tabiiy albatta. 

“MY5” telekanalining “Mening yurtim – mening faxrim” loyihasida Munisa Rizaeva bilan tanishib qolgan Shahzod Murodov Rizaevaga duet kuylash taklifini bildirdi. Klipda o`jar qiz sifatida namoyon bo`layotgan Munisa Shahzod bilan duet kuylashga o`jarlik qilmay, bu taklifni jon deb qabul qildi.

Ikki kun davom etgan tasvirga olish ishlarida bosh rollarni ham Munisa va Shahzodning o`zi ijro etishdi. Klip rejissyori esa Munisaning doimiy hamkori Sanjar Matkarimov. Komediya janrida suratga olingan mazkur klip iyul oyida tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi. 

 

    Boshqa yangiliklar