Joriy yilning to`rtinchi choragidan boshlab «GM Uzbekistan» AJ avtomobil zavodida «Lasetti» avtomobillarini gaz ballon uskunalari bilan jihozlangan holda ishlab chiqarib xaridorlarga etkazish, yillik ishlab chiqarish rejasiga kiritilgan. Bu haqda «O`zavtosanoat» AK xabar beradi.
Mamlakatimizda faoliyati yo`lga qo`yilgan «Avtosanoat- Landi Renzo» qo`shma korxonasi aynan, mazkur avtomobillar uchun gaz ta`minoti tizimi uskunalarini shartnoma asosida, Asaka avtomobil zavodiga etkazib beradi.
Mazkur korxona, shu paytgacha «GM Uzbekistan» AJning yurtimizdagi rasmiy dilerlik markazlarini sifatli gaz ballon uskunalari bilan ta`minlab kelmoqda. Shuni aytib o`tish lozimki, «Lasetti» avtomobillarini ekologik toza yonilg`i turiga moslashtirilgan holda ishlab chiqarishda xaridorlarning talab va istaklari alohida e`tiborga olinadi.





